Mbappe PSJda qolishi uchun Makron unga nima deganini aytdi

Sport

image

Fransiya terma jamoasi va PSJ klubi futbolchisi Kilian Mbappe kasbiy qarori to‘g‘risida mamlakat Prezidenti bilan gaplashishni xayoliga ham keltirmaganini ma’lum qildi. Kilian bu haqda “The New York Times” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

“Qaysi klubda faoliyatimni davom ettirishimdan qat’iy nazar pul olaman. Men har qanday jamoada o‘z darajamni namoyish etaman. Mamlakat Prezidenti (Emmanyuel Makron) bilan kelajagim va kasbiy qarorim haqida gaplashaman, deb xayolimga ham keltirmagandim. Bunday vaziyat haqiqatdan aqldan ozdiradi va bu haqiqiy jinnilik. Makron menga shunday dedi: “Men qolishingni xohlayman. Hozir ketishingni istamayman. Sen mamlakat uchun juda muhimsan”, degan PSJ hujumchisi.

Ma’lumot uchun, Kilian Mbappe joriy mavsumda PSJ safida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi. “Transfermarkt” portali fransiyalik iqtidor egasini 160 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe Emmanyuel' Makron

Baholaganlar

566

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing