Mbappe Platini, Zidan va Riberini ortda qoldirdi

Sport

image

PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe “France Football” nashri tomonidan o‘tgan mavsumning eng yaxshi fransuz futbolchisi deb topildi.

Forvard uchinchi marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritib, bu borada Alen Jiressga yetib oldi. Shuningdek, Mbappe sovrinlar soni bo‘yicha afsonaviy futbolchilar Mishel Platini, Jan-Per Papin, Zinedin Zidan va Frank Riberini ortda qoldirdi.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchilar Terri Anri va Karim Benzema hisoblanadi. Anrining hisobida 5 ta, Benzemada esa 4 ta sovrin mavjud.

O‘tgan mavsumda Mbappe PSJ bilan Liga 1 g‘olibi bo‘lib, 29 ta gol bilan chempionatning eng yaxshi to‘purariga aylandi. U Fransiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi sifatida ham tan olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe Zinedin Zidan Karim Benzema Terri Anri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made