Mbappe, Neymar va Messi uchligi PSJ hujumini kuchsizlantiradi – Ouen

Sport

image

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Maykl Ouen PSJ hujumchilari Kilian Mbappe, Neymar va Lionel Messi uchligini tanqid qildi.

“Biz bunday hujumchilarga ega jamoaga havas bilan qarasak bo‘ladi. Ularning barchasi bir-biridan ajoyib. Ammo ular birgalikda PSJ hujumini kuchsizlantiradi. Men PSJ nima uchun Chempionlar ligasining favoritlaridan biri sifatida ko‘rilayotganini tushunmayapman. O‘ylaymanki, ingliz jamoalari ulardan ancha yaxshi”, deydi Ouen.

Eslatib o‘tamiz, Maykl Ouen faoliyati davomida “Liverpul”, “Real Madrid”, “Nyukasl” va “Manchester Yunayted” klubida o‘ynagan. Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi 5-to‘purar hisoblanadi. “Uch sherlar” safida 89 uchrashuvda maydonga tushgan va 40 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. Shuningdek, Ouen 2001 yilda “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Neymar PSJ Mbappe Maykl Ouen

Baholaganlar

301

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing