Mbappe “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
Sport
−
09 dekabr 520 1 daqiqa
Kilian Mbappe “Real Madrid”ning “Manchester Siti”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi uchrashuvida maydonga tushmasligi mumkin. Fransiyalik hujumchi jamoa bilan so‘ngi mashg‘ulotlarda ishtirok etmagan. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Mbappe bugun, 9 dekabr kuni ertalab Valdebebasdagi maydonda jamoa mashg‘ulotiga qo‘shilmagan. Futbolchida mushak bilan bog‘liq muammo mavjud bo‘lib, uning “Man Siti”ga qarshi o‘yinda qatnashishi tibbiy tekshiruvlar natijasiga bog‘liq. Shuningdek, Mbappe La Liga doirasida “Selta”ga (0:2) qarshi o‘yinda qo‘l barmog‘ini sindirib olgan.
Mbappe joriy mavsumda Madridning eng samarali futbolchilaridan biri bo‘lib, La Ligada 16 ta, Chempionlar ligasida esa 9 ta gol urgan.
Mbappedan tashqari Eder Militao, Dani Karvaxal, Trent Aleksander-Arnold va Ferland Mendi ham “Manchester Siti”ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” klubi markaziy himoyachisi Eder Militaoning son suyagi yorilib ketgani va taxminan 4 oy davomida maydonga tusha olmasligi haqida xabar berilgan edi.