Mbappe Madrid derbisini o‘tkazib yuborishi mumkin

Sport

image

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya chempionatining 7-turida “Alaves”ga qarshi kechgan va “qaymoqranglilar”ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvda jarohat oldi. Bu haqda Ispaniyaning “Relevo” xabar berdi.

Ushbu o‘yinda forvard 80-daqiqada gol urib, murabbiylardan zahiraga olishni so‘radi. Fransiyalik hujumchining son payida muammosi bor. Endi uning “Atletiko” bilan o‘yindagi ishtiroki so‘roq ostida qolmoqda. “Real Madrid” rahbariyati ham hozirgi vaziyatdan xavotirda.

Ma’lumot uchun, 7 ta o‘yin natijasiga ko‘ra, “Real Madrid” 17 ochko jamg‘arib, La Liga turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. “Alaves” esa 10 ochko jamg‘arib, 8-o‘rinni band etgan. Hozirda Kataloniyaning “Barselona” klubi 18 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made