Mbappe kelajagi haqida bir qarorga keldi
Sport
−
08 yanvar 2024 5721 1 daqiqa
Fransiya terma jamoasi va PSJ hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini Ispaniyaning “Real Madrid” klubida davom ettirishga qaror qildi. Bu haqda jurnalist Santi Una o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli fransiyalik forvard “Real” bilan muvaffaqiyatli muzokaralar olib borgan va “qirollik klubi” bilan shartnoma imzolashga rozi bo‘lgan. Mbappe yozda parijliklar bilan shartnomasi tugagach, qirollik grandiga qo‘shiladi.
Joriy mavsumda yulduzli hujumchi PSJ safida 24 ta uchrashuvda ishtirok etgan. Kilian 25 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. To‘purarning transfer qiymati 180 million yevroga baholanmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr