Mbappe dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi sportchisiga aylandi

Sport

image

Fransiya terma jamoasi va PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi sportchisiga aylandi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, PSJ bilan 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan yangi shartnomaga ko‘ra, hujumchi dunyodagi barcha sportchilardan ko‘ra ko‘proq maosh oladi.

Qayd etish joizki, Mbappe “Real”ga o‘tishga rozi bo‘lgan, biroq uch kun ichida fikrini o‘zgartirgan. “Real Madrid” rahbariyati fransiyalik futbolchi Qatarga ketganida uning PSJda qolishiga ishongan. Chunki Kilian Mbappe Qatarga “Real” bilan shaxsiy shartnomani imzolamay turib uchib ketdi. Natijada 23 yoshli futbolchi Qatardan PSJ bilan bir necha million dollarlik kelishuvnui imzolab qaytdi.

Bundan "Real Madrid" rahbarlari juda xafa bo‘lgan, chunki ular qaror qabul qilishda asosiy omil pul ekanligini tushungan. Mbappega Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning so‘zlari va PSJ qo‘llagan boshqa ta’sir usullari ham kor qilmadi. Faqatgina pul uni qolishga majbur qildi. Ha, Parij jamoasi taklif qilgan pulni rad qilish imkonsiz edi. Hattoki dunyoning eng sahiy klubi sifatida ko‘riladiga “Real” ham qatarliklarning puli oldida kamtarroq, ta’bir joiz bo‘lsa, kambag‘alroq ko‘rindi. 

Shuni alohida ta’kidlash kerak-ki, matbuotda yozilayotganidek Mbappe PSJ loyihasini boshqarmaydi. Parij klubidagi vaziyatni to‘liq nazorat qilish Al-Xelayfining qo‘lida qoladi. 

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Kilian Mbappe PSJ bilan 2025 yilgacha mo‘jallangan shartnoma imzolagan edi. Shundan so‘ng u “Real” rahbariyati va muxlislariga o‘ziga bo‘lgan qiziqishlari uchun minnatdorlik bildirgan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

247

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing