Mbappe Chempionlar Ligasida tarixiy rekord o‘rnatdi

Sport

image
0:00
0:00
download

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasi doirasida tarixiy g‘alaba qayd etdi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi. 

Manbaning xabariga ko‘ra, forvard bir mavsumda Chempionlar Ligasining 1/8 va 1/4 final uchrashuvlarida beshta gol urishga muvaffaq bo‘lgan turnir tarixidagi birinchi futbolchi bo‘ldi. 

Kecha, 7 aprel kuni Chempionlar Ligasi chorak finalining birinchi o‘yinida "PSJ" "Bavariya" ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi, Mbappe uchrashuvda dubl qayd etdi. 

Uning ikkinchi goli jamoasining g‘olib bo‘lishiga sabab bo‘ldi. 

"PSJ" va "Bavariya" o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi chorak finalining javob uchrashuvi 13 aprel kuni Parijdagi "Park de Prens" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Mbappe

Baholaganlar

611

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing