Mbappe bilan taqqoslashlariga tayyorman – Ronaldo

Sport

image

Afsonaviy braziliyalik hujumchi Ronaldo PSJ vingeri Kilian Mbappening iste’dodini yuqori baholadi.

“Mbappe aql bovar qilmas o‘yin fazilatlari va ajoyib texnikaga ega. U yuqori tezlikda harakatlana oladigan futbolchi. Kilian juda yosh bo‘lsa-da, kattalardek fikrlaydi. Uni men bilan taqqoslashlariga tayyorman”, deydi Ronaldo.

Eslatib o‘tamiz, “So‘yloq tish” Ronaldo ikki marta Jahon chempionati va Amerika kubogi g‘olibi bo‘lgan. “Real Madrid” tarkibida ikki karra Ispaniya chempionligi va “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, Kilian Mbappening joriy yilda “Real” bilan shartnoma imzolashi kutilgandi. Biroq “Qirollik klubi” PSJ so‘ragan 200 million yevrodan ziyod mablag‘ni to‘lamadi va transfer hal qilinmay qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Real Kilian Mbappe PSJ Braziliya Ronaldo

Baholaganlar

363

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing