Mbappe allaqachon ”Real” bilan shartnoma imzolagan – “Marca”

Sport

image

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe “Real” bilan 2024 yil fevral oyining birinchi haftasida shartnoma imzolagan. Bu haqda “Marca” ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, futbolchining klub bilan shartnomasi 5 yilga mo‘ljallangan. OAVda Mbappe yozgi transferlar oynasida “Real”ga o‘tgandan so‘ng besh yil davomida jami 225 million yevro ishlab olishi va fransiyalik forvardning erkin agent sifatida o‘tgani uchun shartnoma imzolash bonusi taxminan 150 million yevroni tashkil qilishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Ma’lumot o‘rnida, Mbappe 2017 yildan beri parijliklar safida o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda forvard barcha turnirlarda 39 ta o‘yin o‘tkazib, 39 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining fransuz klubi bilan shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” portaliga ko‘ra, futbolchining narxi 180 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing