Mbappe afsonaviy Platinining rekordini yangiladi
Sport
−
11 mart
1820Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya chempionati doirasida “Rayo Valekano” darvozasiga gol urib, rekord o‘rnatdi. Bu haqda “Stats foot” xabar berdi.
Hozirgacha Kilian “Real” safida barcha musobaqalarda 29 ta gol urdi. Bu natija orqali Mbappe top 4 ligadagi klublar safida debyut mavsumida 29+ gol urgan tarixdagi birinchi fransuz futbolchisiga aylandi. Avvalgi rekord sobiq hujumchi Mishel Platiniga tegishli edi –1982/83 yilgi mavsumda “Yuventus” safida 28 ta gol.
Mbappe yozgi transfer oynasida “Real”ga o‘tib, 2029 yilgacha shartnoma imzoladi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 160 million yevroni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” Mbappega katta bonus to‘lagani xabar qilingandi.