Majaqlangan mashinalar: Toshkentda tunda ikkita YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Shu yilning 30 aprel kuni tunda Toshkent shahrida ikkita YTH sodir bo‘lib, fuqarolar tan jarohati oldi. Ulardan biri Yunusobod, boshqasi Chilonzor tumanida yuz berdi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 21:30 larda Yunusobod tumani TXAY ko‘chasida bir dona Lacetti va ikkita Matiz avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan. 

Shuningdek, soat 23:00 larda Chilonzor tumani Muqimiy va Bog‘iston ko‘chalari kesishmasida 23 yoshli X.Sh. boshqaruvida bo‘lgan Spark avtomobili hamda 24 yoshli D.A. boshqaruvidagi Nexia mashinalari ishtirokida avtohalokat yuz berdi.

Xabar qilinishicha, mazkur YTH oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Har ikki holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Yunusobod Chilonzor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made