Maykl Pompeo fevral boshida Toshkentga keladi

Olam

image
Pompeoning O‘zbekistonga kelishi Sulaymoniyning o‘ldirilishi sabab qoldirilganmi? north_east

Pompeoning O‘zbekistonga kelishi Sulaymoniyning o‘ldirilishi sabab qoldirilganmi?

AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo joriy yilning 2-3 fevral kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Pompeo O‘zbekistonga kelishidan avval Ukraina, Belarus, Qozog‘istonda bo‘ladi va davlat rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Toshkentga safari vaqtida Maykl Pompeo O‘zbekiston Republikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Pompeo Toshkentda S5+1 formati doirasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston TIV rahbarlari bilan ham uchrashadi. Uchrashuvda AQSHning Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi strategiyasi muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Davlat kotibi O‘zbekistonga yanvar oyida kelishi kerak edi. Ammo tashrif Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashgani sababli qoldirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing