Maykl Pompeo 2020 yil boshida O‘zbekistonga keladi
Jamiyat
−
23 dekabr 2019
5971Kelasi yilning boshida AQSH Davlat departamenti rahbari, Davlat kotibi Maykl Pompeoning O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirilgan.
Pompeo AQSH Davlat kotibi sifatida O‘zbekistonga birinchi marta kelishi. U O‘zbekistonga tashrifidan oldin 5 yanvar kuni Qozog‘istonda bo‘ladi va mamlakat Prezidenti va Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashadi. Pompeo ular bilan terrorchilikka qarshi kurash va giyohvand moddalar aylanmasiga qarshilik qilish masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilgan. Katta ehtimol bilan tashrif davomida Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan ham uchrashuv o‘tkaziladi.
AQSH Davlat kotibi 6 yanvar kuni Qozog‘istondan keyin O‘zbekistonga kelishi kutilyapti. Ammo bu hozircha rasman tasdiqlanmagan. Pompeo O‘zbekistonda ikki tomonlama muhim masalalarda uchrashuvlar o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning mayida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSHga tashrifi davomida Maykl Pompeo bilan ham uchrashgandi. O‘shanda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash, tashqi siyosat mahkamalari aloqalarini faollashtirish masalalari muhokama qilishgandi.
LiveBarchasi