Mayk Tayson navbatdagi jangi qachon o‘tkazilishini aytdi 

Sport

image
0:00
0:00
download

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni amerikalik Mayk Tayson navbatdagi jangini shu yil bahor fasli oxirida o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. 

"May oyining oxiri. 29 yoki 31 may", degan Tayson. 

Afsonaviy sportchi, shuningdek, jang Mayamida bo‘lib o‘tishiga aniqlik kiritgan. 

Tayson aynan kim bilan jang qilishini ma’lum qilmagan. 

Shu bilan birga, 54 yoshli Tayson o‘z vatandoshi 58 yoshli Evander Xolifildga qarshi shou-jang o‘tkazish uchun muzokaralar olib borayotgani ta’kidlangan. 

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yilning noyabr oyida Tayson Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan amerikalik kichkina Roy Jonsga qarshi ko‘rgazmali jang o‘tkazdi. Jahon boks afsonalari jangi Los-Anjelesda bo‘lib o‘tdi va u to‘liq sakkiz raund davom etdi. Jang oxirida hakamlar durang natijani e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Mayk Tayson

Baholaganlar

538

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing