Mayk Tayson 25 million dollarlik shartnomani rad etdi 

Sport

image
0:00
0:00
download

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Mayk Tayson o‘zining amerikalik sobiq bokschi Evander Xolifild bilan uchinchi jangi uchun kafolatlangan 25 million dollarni rad etgan. Bu haqda Xolifildning menejeri Kris Lourens ma’lum qildi.  

Xolifildning vakiliga ko‘ra, Tayson tomoni rad etish sababini tushuntirmagan. 

"Bu tugallangan bitim bo‘lib tuyuldi. Biroq, Taysonning odamlari qachon bizni takliflarimizni rad etishsa, u tezda yiqiladi. Biz yaxshi niyat bilan muzokara o‘tkazdik. Vaqt behuda sarflanganga o‘xshayapti", degan Lourens. 

Ma’lumot o‘rnida, bokschilar o‘rtasidagi birinchi jang 1996 yilda bo‘lib o‘tgan. O‘shanda Xolifild g‘alaba qozongandi. 

Bir yil o‘tib, revansh jangi o‘tkazilayotgan paytda Tayson raqibining qulog‘ini bir qismini tishlab olgan. Jang to‘xtatilgan, voqea sodir etgan shaxs diskvalifikatsiya qilingan va 3 million dollarlik jarimaga tortilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mayk Tayson

Baholaganlar

764

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing