Mayk Tayson haqida film suratga olinadi
Madaniyat-san’at
−
29 fevral 2020
6924Afsonaviy bokschi Mayk Tayson haqida Patriot Pictures kinostudiyasi tomonidan film suratga olinadi. Unga “Xotira kundaligi”, “Jon Kyu”, "Alfa Dog" kabi kartinalar muallifi Nik Kassavetis rejissyorlik qiladi.
Film Desmond Nakano ssenariysi va Montiyet Illingvortning “Mayk Tayson: Pullar, afsonalar va sotqinlik” kitobi asosida suratga olinadi.
“Deadline” nashrining yozishicha, britaniyalik aktyor Entoni Xopkins bokschining murabbiyi, mashhur Kasa D'Amato obrazini gavdalantiradi.
Kassavet bu borada quyidagicha izoh berdi: "Bu tushga o‘xshaydi. Ikki qahramonim - Cassa D’Amato va Mayk Tayson haqidagi filmda ser Entoni bilan ishlash imkoniyati... Ha, men jannatda bo‘laman".
Tasvirga olish ishlari 2020 yilning bahor va yoz fasllarida boshlanadi.
Mayk Tayson rolini kim ijro etishiga aniqlik kiritilmagan.