May boshida harorat 31 darajagacha ko‘tariladi
Bu qiziq
−
29 aprel
2123O‘zgidromet O‘zbekiston hududida 1-3 may kunlari kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat 1 mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 24-29 daraja; 2 mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 26-31 daraja; 3 mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat 1 mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 26-31 daraja; 2-3 mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.
Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat 1-2 mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 24-29 daraja; 3 mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 26-31 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat 1 mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja; 2-3 mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 26-31 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 1 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat 1-2 mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 24-29 daraja; 3 mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 26-31 daraja bo‘ladi.
Bundan tashqari, respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 1 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 2-3 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 1 mayda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja; 2 mayda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja; 3 mayda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.
LiveBarchasi