Qoraqalpog‘iston va Farg‘onada o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
3-sahifa
−
24 iyul 2021
2735Qoralpog‘iston va Farg‘ona viloyatida abituriyentlarni o‘qishga kiritishni va’da qilib, buning evaziga ulardan ko‘p miqdorda pul so‘ragan shaxslar jinoyat ustida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, Qoraqalpog‘istonda R.A. ismli shaxs boshqa bir fuqaroni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining huquqshunoslik fakultetiga 23 ming AQSH dollari evaziga yoki jismoniy tarbiya fakultetiga esa 4 ming AQSH dollariga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.
Departament hamda DXXning Qoraqalpog‘iston boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgar oldindan 10 000 AQSH dollari va 40 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday holat, Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida ham aniqlangan. “B.S.” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari A.A. fuqaro G.ning ishonchiga kirib, uni Qo‘qon pedagogika institutiga 2 500 AQSH dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, oldindan 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departament hamda DXXning Beshariq tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.X. fuqaro M.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 1 000 AQSH dollari evaziga Qo‘qon davlat pedagogika institutining psixologiya fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, oldindan 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi