Mavluda Asalxo‘jayeva og‘ir judolikka uchradi
Madaniyat-san’at
−
27 aprel 60679 1 daqiqa
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayevaning turmush o‘rtog‘i, musiqachi Davlet Qilichev kecha, 26 aprel kuni hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda xonandaning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“26 aprel kuni turmush o‘rtog‘im Davlet Qilichev bu dunyodan ko‘z yumdilar”, deb yozdi xonanda.
Qayd etilishicha, janoza bugun, 27 aprel kuni peshinda Islom ota masjidida o‘qiladi.
Ma’lumot uchun, Mavluda Asalxo‘jayeva institutni tamomlab, yo‘llanma asosida Turkmanistonga ishga yuborilganda u yerda “Destan” ansamblida tajriba orttirgan va shu yerda bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini uchratgan. Xonandaning turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgani haqida mish-mishlar tarqalganda buni Asalxo‘jayevaning o‘zi rad etib chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 mart kuni o‘zbekistonlik taniqli bokschi Shahram G‘iyosovning ikki yoshli qizi vafot etgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi