Maurisio Pochettino “PSJ” bosh murabbiyi etib tayinlandi

Jamiyat

image

Fransiyaning “Pari-Sen-Jermen” klubi argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettino jamoa bosh murabbiyiga aylanganini rasman e’lon qildi.

48 yoshli murabbiy bilan 2022 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolangan. Pochettino avvalroq iste’fosi e’lon qilingan Tomas Tuxel o‘rnini egalladi.

Argentinalik mutaxassis 2019 yilning noyabr oyida “Tottenhem”dan iste’foga chiqarilgach, hech qayerda faoliyat yuritmayotgandi. 

Parij klubi Fransiya chempionati 17-turidan keyin 35 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Klub YeCHL 1/8 final bosqichida “Barselona”ga qarshi maydonga tushadi.

“PSJ” sobiq futbolchisi sanalmish Pochettino murabbiy sifatida klubdagi debyutini 6 yanvar kuni “Sent-Etena”ga qarshi o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Maurisio Pochettino PSJ

Baholaganlar

61

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing