Matbuot va OAV xodimlari kuni tantanali marosimida ilk bor Bosh vazir ishtirok etdi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, bugun 27 iyun kuni O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nishonlanmoqda.

Bayram munosabati bilan Toshkent shahridagi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida tantanali tadbir bo‘lib o‘tyapti. Unda qatnashayotgan QALAMPIR.UZ muxbirining ma’lum qilishicha, Matbuot va OAV xodimlari kuni tantanali marosimida ilk bor Bosh vazir Abdulla Aripov ham ishtirok etmoqda.

An’anaga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayram tabrigini yo‘lladi.

Tadbirda ushbu tabrikni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Xayriddin Sultonov o‘qib eshittirdi.

Shuningdek, davlat rahbarining “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi”gi farmoni bilan bir guruh OAV vakillari faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi.

Tadbirda ana shu mukofotlar o‘z egalariga topshirilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni Prezident tabrigi

Baholaganlar

17

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing