Matbuot men haqimda gapirmasdan turolmaydi – Ronaldu 

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu “qizil iblislar” safini tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga keskin munosabat bildirdi. Bu haqda “Sport” nashri xabar berdi.

Instgram'dagi fan sahifalardan biri Ronalduning “Yunayted” rahbariyati bilan gaplashganini izohlar ekan, muzokaralar ijobiy bo‘lmaganini ta’kidlagan. 

“Jorje Mendesh “Manchester Yunayted”ga Krishtianu Ronaldu haqiqatan ham ketishni xohlashini aytdi. Muzokaralar unchalik ijobiy bo‘lmadi. Mendesh Ronalduning boshqa jamoaga o‘tishiga muvaffaq bo‘lishiga ishonchi komil emas. Masalaga Ser Aleks Fergyuson ham aralashdi. “Yunayted” rahbariyati Ronaldu sotilmasligini ta’kidlamoqda”, deyiladi xabarda.

37 yoshli futbolchi ushbu xabarga izoh qoldirib, matbuot hech bo‘lmaganda bir kun ham o‘zi haqida gapirmasdan turolmasligini iddao qilgan.

“Men haqimda hech bo‘lmaganda bir kun gapirmaslikning iloji yo‘q. Aks holda OAV pul topolmaydi. Bilasizmi, yolg‘on gapirmasangiz, odamlarning e’tiborini jalb qilolmaysiz. Davom eting. Balki bir kun kelib siz ham to‘g‘ri xabar yozarsiz”, degan Krishtianu Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2021 yildan buyon “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda Ronaldu “qizil iblislar” safida barcha musobaqalarda 38 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan. “Transfermarkt” portali portugaliyalik iqtidor egasini 35 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Manchester Yunayted”

Baholaganlar

95

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing