Mutaxassis farzandini maktabga yuborayotgan ota-onalarga tavsiyalar berdi
Bu qiziq
−
17 Sentabr 2020
5482Xabaringiz bor, joriy yilning 7-14 sentyabr kunlari oralig‘ida O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatini boshladi. Ayni vaqtda respublikadagi 10 mingga yaqin maktabning 2 550 tasi faoliyatini an’anaviy ravishda davom ettirmoqda. Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova farzandlarini maktabga yuborayotgan ota-onalarga tavsiyalar bilan chiqdi.
Mutaxassisga ko‘ra, ota-onalar, avvalo, farzandini maktabga yuborishdan oldin ularning sog‘ligiga va ruhiy holatiga albatta e’tibor berishlari kerak. U ota-onalarga quyidagi tavsiyalarni bermoqda:
• shu o‘rinda psixologlar tarafidan bunday uzoq karantindan chiqish uchun vaqt (kamida uch hafta) talab etilishini inobatga olib, sizdan bolaning ruhiy holatiga e’tibor berishingizni so‘raladi;
• farzandingizga o‘tgan vaqt davomidagi o‘zlashtirmagan bilimlariga yetib olishida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan stressni yengishga ko‘maklashish kerak;
• karantin ta’tilidan keyin bola maktabda yomon baholar olishi mumkin. Bunday holatda unga tanbeh bermaslikka harakat qiling. Chunki o‘zingiz bilmagan holda farzandingizning kuchli tomoniga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishiga sababchi bo‘lib qolasiz;
• farzandingizning sog‘lig‘ini kuzatib boring va agar unda kasallik belgilari (yuqori tana harorati, hansirash, yo‘tal, hid va ta’m sezmaslik, qorinda og‘riq, ich ketishi) paydo bo‘lsa, uni ta’lim muassasasiga yubormang.
Shuningdek, farzandlaringizga quyidagi gigiyena qoidalarini o‘rgating:
• qo‘llarini sovun va toza suv bilan tez-tez yuvib turish;
• sovun va suv bo‘lmasa, qo‘llar uchun spirt atarkibli dezinfeksiya vositasidan foydalanish (spirt miqdori kamida 70 foiz bo‘lishi kerak);
• faqat toza ichimlik suvini ichish;
• jamoat hojatxonalari hamda uyda hojatxona tozaligiga e’tibor berish va foydalanish tartibiga rioya qilishni;
• chiqindilarni xavfsiz hamda to‘g‘ri yig‘ish, saqlash va utilizatsiya qilish ko‘nikmalari;
• nafas olish gigiyenasiga rioya qilish: yo‘tal va aksirganda og‘iz-burunni mato yoki tirsak yordamida to‘sish;
• kaft bilan yuzga, ko‘zlarga, og‘iz va burunga tegmaslik.
“Ta’lim muassasasi ma’muriyati va pedagoglari bilan ma’lumot almashinish maqsadida doimiy muloqotda bo‘lib, maktab xavfsizligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlar bilan tanishib, qo‘llab-quvvatlashga harakat qiling”, deydi Barno Abdusamatova.
LiveBarchasi