Masjid pullarini talon-taroj qilganlar ushlandi
Jamiyat
−
20 fevral 2020
10210Internetda ikkita yosh yigitning xayr-ehson qutilarini ochib, u yerdagi pullarni oz miqdorda talon-toroj qilish haqida video paydo bo‘ldi.
Joriy yilning 8 fevral kuni Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi “Abu Hurayra” masjidining qorovuli talon-toroj haqida xabar beradi. Masjid imom-xatibi va qorovulning so‘zlariga ko‘ra, qutilarda 300 ming so‘mga yaqin pul bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Tekshiruv davomida talon-torojlik 5-6 fevralga o‘tar kechasi sodir bo‘lganligi aniqlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, talon-torojlikni 22 yoshli Suhrobjon U. va 27 yoshli Mirzohid D. tomonidan sodir etgan. Suhbat davomida yoshlarning aytishicha, ular bitta qutini ochishgan, pullarni olishgan va voqea joyidan g‘oyib bo‘lishadi. Keyinchalik pulni o‘zaro bo‘lib olishadi, har biriga 215000 so‘mdan tegadi.
“Suhrobjon va Mirzohidning harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 61-moddasi ("Oz miqdorda talon-toroj qilish") bo‘yicha deb topildi va materiallar Uchtepa tumani Ma’muriy sudiga yuborildi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi