Masjiddagi portlash qurbonlari soni 72 nafarga yetdi
Olam
−
20 Oktyabr 2019 6797 1 daqiqa
Avvalroq, Afg‘onistonning Nangarhar viloyatida juma namozi vaqtida portlash bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Natijada 62 kishi qurbon bo‘lgandi.
Bugun, 20 oktyabr kuni Nangarhar viloyatining Xaska Mina tumanidagi portlash qurbonlari soni 10 kishiga ortib, 72 nafarga yetdi. Bu haqda “Tolo News” xabar berdi.
Bugun tongda Afg‘oniston Prezident Ashraf G‘ani Xaska Mina tumaniga kelgan. U masjiddagi portlash qurbonlari oilasi bilan uchrashib, ularga hamdardlik bildirgan.

Mahalliy aholi hamon vayronalar ostidan qurbonlarni qidirishni davom ettiryapti. Portlashda hozirgacha jami 72 kishi halok bo‘lgan, 30 kishi jarohatlangan.

Mahalliy xavfsizlik xizmati xodimlari portlash hudkush-terrorchi tomonidan amalga oshirilganini ta’kidlayapti. Mazkur portlash uchun javobgarlikni hozirgacha hech bir guruh o‘z zimmasiga olmagan.
Live
BarchasiPromis Devidni intervyu chog‘ida ari chaqib oldi
27 Sentyabr