Masjidda yana otishma. Bu safar Londonda

Olam

image

Politsiya xodimlari masjidni qurshab olgan. Biroq qurollangan shaxs hozircha qo‘lga olinmagan. 

London atrofidagi Ilford shaharchasida masjidda otishma sodir bo‘lgan. Buning oqibatida politsiya voqea joyiga yetib kelgan va binoni o‘rab olgan.

Bu haqda bugun ertalab Daily Mirror London politsiyasiga tayanib xabar bergan. 

Xabarda aytilishicha, otishma “Yetti qirol” (Seven Kings Mosque) masjidida sodir bo‘lgan. Bu paytda masjidga namoz o‘quvchilar to‘planishgan edi. Noma’lum erkak to‘pponchadan o‘q uzgan. 

“Otishma sodir bo‘lgan vaqtda politsiya xodimlari masjid yaqinidagi Xay-roud ko‘chasida bo‘lishgan. Hech kim jabrlanmagan. Bu yerda tinchlik va tartibni saqlash zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi”, – deyiladi London politsiyasi xabarida.  

Huquqni muhofaza qilish organlari otishma sodir etgan shaxs va uning to‘pponchasidan otilgan o‘qni qidirishmoqda. London politsiyasi bu holatni terrorchilik hujumiga hech qanday aloqasi yo‘qligini aytishmoqda. 

Musulmonlar masjidiga uyushtirilgan hujum birinchisi emas.  

Joriy yilning  15 mart kuni Yangi Zelandiyaning Kraystcherchidagi ikki masjidga qilingan hujum oqibatida 50 kishi halok bo‘lgan, yana shuncha kishi jarohatlangan edi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

260

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing