Mast kuyov qayinakasining qotiliga aylandi
Jamiyat
−
15 iyul 2019
4544Urganchda kuyov va qayinakalar o‘rtasida ziyofat qotillik bilan yakunlandi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Urganch shahrida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan M.D. 14 iyul kuni o‘z uyiga qayinakalari, 1972 yilda tug‘ilgan S.E. va 1974 yilda tug‘ilgan S.A.ni ziyofatga taklif qilgan. Ularni turli nozu-ne’mat va spirtli ichimliklar bilan siylagan.
Mast bo‘lgandan keyin kuyov va qayinaklar o‘rtasida janjal chiqqan. Olishuvda o‘zini yolg‘iz sezgan kuyov 45 yoshni qarshilagan qayinakasi S.A.ning ko‘ksiga oshxona pichog‘ini sanchgan va qayinaka olgan tan jarohati tufayli hodisa joyida vafot etadi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan (Qasddan odam o‘ldirish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumondor ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi.