Masofani saqlamaydigan Nyu-York aholisi yirik jarima to‘laydigan bo‘ldi
Olam
−
30 mart 2020
5243AQSHning Nyu-York aholisi agar ijtimoiy masofani saqlamasa, yirik jarima to‘lashlariga to‘g‘ri keladi. Bu haqda shtat meri Bill de Blazio 29 mart kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan. Uning so‘zlarini “New York Post” nashri keltirmoqda.
Merning so‘zlariga ko‘ra, jarima miqdori 250 dan 500 dollargacha bo‘ladi. "Agar politsiya xodimi kimdandir masofa saqlashni so‘rasa-yu, lekin u bu talabga bo‘ysunmasa yoki u bilan kelishib olsa, keyinroq esa qoidani yana buzsa, unga jarima solishni o‘rinli deb bilaman", dedi Bill de Blazio.
Shu bilan birga, u jarimalar faqat oxirgi chora sifatida qo‘llanilishini ta’kidlagan.
De Blazioning so‘zlariga ko‘ra, 29 mart kuni kechqurun shaharda 32 308 nafar shaxsda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan. 678 bemor vafot etgan.
LiveBarchasi