Mask yana ogohlantirish bilan chiqdi
Olam
−
28 yanvar
16236SpaceX va Tesla asoschisi, amerikalik milliarder Ilon Mask tug‘ilishning pasayishi tufayli Yevropa va Osiyo yo‘q bo‘lib ketishi, agar insoniyat tug‘ilishning pasayishini o‘zgartira olmasa, odamlar Yerning katta qismidan yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligi to‘g‘risida yana ogohlantirdi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
Milliarder X ijtimoiy tarmog‘ida shveysariyalik jurnalist va sharhlovchi Peter Imanuelsenning Yevropadagi ayollarga farzand ko‘rish uchun katta soliq imtiyozlarini berish taklifiga javoban o‘z fikrini bildirdi.
“Ayollarning farzand ko‘rishi uchun katta soliq imtiyozlarining berilish taklifi sinab ko‘rishimizga arziydi. Biror narsa o‘zgarishi kerak, aks holda Yevropa va Osiyo (va Yerning katta qismi) yo‘q bo‘lib ketadi!” deya ta’kidlaydi Mask.
O‘tgan yilning aprel oyida Mask AQSH uchun so‘nggi 30 yil ichida bolali yosh amerikaliklar ulushining keskin pasayishini mutlaq falokat deb atagandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask Yevropa mamlakatlari, xususan, Germaniya hozirda tug‘ilishning pastligi tufayli yo‘q bo‘lib ketish arafasida turganligini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya va Yevropa tug‘ilishning pastligi tufayli chuqur inqirozga uchragan. Shuningdek, Mask insoniyat katta demografik inqiroz xavfiga duch kelayotgani, buning oqibatida butun xalqlar yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.
Sara Komiljonova
LiveBarchasi
Trenddagilar
![O‘zbekistonda 1 martdan oylik va nafaqalar oshadimi?](https://ad-admin.qalampir.uz/uploads/LF/thumb_AV506IfBgmW3B2hZlNW2THujNmRi9d.jpg)
![1 apreldan elektr va tabiiy gaz tariflari oshadi](https://ad-admin.qalampir.uz/uploads/R5/thumb_watlnJ8OLVoNjpRyEbpSHTQElY6tLN.jpg)
![Shohjahon Ergashev o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi](https://ad-admin.qalampir.uz/uploads/uZ/thumb_pQCThx1ARSebk7O21dg1mBc8ixBmUw.jpg)