Mask Ukrainaga Starlink'dan uzish bilan tahdid qilinganini rad etdi
Olam
−
23 fevral
2185Avvalroq, “Reuters” axborot agentligi o‘z manbalariga tayanib, AQSH hukumati Ukrainani amerikalik tadbirkor, SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Maskning Starlink sun’iy yo‘ldosh internet tizimiga kirishni to‘sib qo‘yish bilan tahdid qilgani haqida xabar bergan edi. Biroq Ilon Mask “Reuters” agentligi xabarini rad etdi. Bu haqda u kecha, 22 fevral kuni o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
“Bu haqiqat emas. “Reuters” yolg‘on gapirmoqda”, deb yozdi Mask.
“Reuters”ning xabar qilishicha, Starlink masalasi 20 fevral kuni Kiyevda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va AQSH Prezidentining Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida ko‘tarilgan edi.
Nashrning ta’kidlashicha, agar nodir metallar bo‘yicha kelishuv imzolanmasa, Starlink yaqin orada yopilishi bilan tahdid qilgan.
NBC manbalarining ta’kidlashicha, AQSH Kiyevga Ukrainadagi noyob yer minerallarining 50 foiziga egalik qilish huquqini berishni taklif qilgan. “The Economist”ning yozishicha, AQSH Moliya vaziri Skott Bessant Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga bu haqda o‘ylash uchun bir soat vaqt bergan. Tomonlar hali kelishuvga erishmagan. Zelenskiy AQSH taklifi Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini o‘z ichiga olmaganini tushuntirdi.
Tramp Kiyevni kelishuvni buzganlikda aybladi va kelishuv bo‘lmasa, AQSH va Ukraina “ko‘p muammolarga” duch kelishi bilan tahdid qildi. U “qisqa muddatda” Kiyevning AQSHga 400-500 milliard dollar kompensatsiya to‘lash majburiyatlari bo‘yicha kelishuvga erishishga umid qilganini qo‘shimcha qildi. “Financial Times” ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaga tegishli bo‘lgan eng muhim minerallarning qiymati 11,5 trillion dollarga yetadi. “The Washington Post” va “The Telegraph” gazetalarining ta’kidlashicha, kelishuv miqdori AQSHning Kiyevga yordami uchun sarflagan xarajatlaridan sezilarli darajada oshadi.
Zelenskiyning yordamchilari “Tramp bilan keyingi to‘qnashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik va AQSH Prezidentiga Qo‘shma Shtatlarning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini oqlashiga imkon berish” uchun taklifni qabul qilishni maslahat bergan.
LiveBarchasi