Mask Twitter'ni sotib olishni to‘xtatib qo‘ydi

Olam

image

Twitter’ni sotib olayotgan tadbirkor Ilon Mask kecha, 13 may kuni kompaniyani sotib olish bo‘yicha kelishuvni to‘xtatib qo‘ydi. Bunga ijtimoiy tarmoqdagi soxta akkauntlar soni haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagani sabab bo‘ldi.

“Twitter [sotib olish] shartnomasi spam va soxta akkauntlar foydalanuvchilarning 5 foizidan kamrog‘ini tashkil etishi haqidagi taxminlarni tasdiqlovchi dalillarni kutish uchun vaqtincha to‘xtatib turiladi”, deydi Mask Twitter’dagi postida.

Mask kompaniyani sotib olishni to‘xtatganini e’lon qilganidan so‘ng, NASDAQ birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, uning aksiyalari juma kuni 15,57 foizga tushib, har bir aksiya uchun 38,06 dollarni tashkil etdi.

Keyinroq tadbirkor hali ham kompaniyani sotib olish niyatidan qaytmaganini qo‘shimcha qildi. “Hali ham [Twitter’ni] sotib olish niyatidaman”, deb yozgan Mask ijtimoiy tarmoqda.

Tadbirkorning keyingi postidan keyin Twitter pasayishning bir qismini bartaraf qilgan. Ularning narxi, NASDAQ ma’lumotlariga ko‘ra, 11,89 foizgacha - har bir qog‘oz uchun 39,78 dollargacha yetgan.

25 aprel kuni Twitter rahbarlari Mask kompaniyani 44 milliard dollarga sotib olishini e’lon qildi. Agar milliarder kelishuvni bekor qilishga qaror qilsa, AQSH qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasiga ko‘ra, u kompaniyaga 1 milliard dollar jarima to‘lashi kerak bo‘ladi. Agar Twitter kelishuvni bekor qilsa, Maskga kompensatsiya to‘lanadi. Bitimning yakuniy sanasi 2022 yil 24 oktyabrga belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

157

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing