Mask Twitter daromadini 5 baravarga oshirmoqchi

Olam

image

Twitter’ni sotib olayotgan tadbirkor Ilon Mask olti yil ichida kompaniya daromadini besh baravardan ziyodroq oshirish niyatida. Bu haqda kecha, 6 may kuni “The New York Times” sarmoyadorlar uchun taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Mask 2028 yilga borib Twitter’ning yillik daromadini 26,4 milliard dollarga yetkazmoqchi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich qariyb 5 milliard dollarni tashkil etgan edi. Shu bilan birga, u reklama daromadlari va obunalardan olingan mablag‘lar nisbatini ikkinchisi foydasiga o‘zgartirmoqchi. Shunday qilib, olti yil ichida pulli obunalardan tushgan daromad 10 milliard dollarga yetishi kerak. 

Tadbirkor shuningdek, 2028 yilga borib ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar soni to‘rt barobardan ko‘proqqa, 2021 yil oxiridagi 217 million foydalanuvchidan olti yil ichida 931 millionga yetishini kutmoqda. Shu bilan birga, ularning 104 millioni, Maskning rejalariga ko‘ra, pullik abonentlar bo‘ladi. 

May oyi boshida Mask Twitter tashkilotlar va davlat idoralari uchun pullik bo‘lishi mumkinligini, ijtimoiy tarmoq esa oddiy foydalanuvchilar uchun bepul bo‘lib qolishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask

Baholaganlar

71

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing