Mask to‘liq o‘ziyurar Tesla avtomobili qachon chiqarilishini e’lon qildi 

Texnologiya

image

Tesla bir yildan so‘ng, 2023 yilning may oyida rulda haydovchilar bo‘lishini talab qilmaydigan haydovchisi boshqarish tizimi mavjud avtomobillarga ega bo‘ladi. Bu haqda amerikalik tadbirkor, Tesla bosh direktori Ilon Mask ma’lum qildi. 

Ilon Mask o‘tmishda ham bunday bayonotlarni bir necha bor aytgan, biroq u o‘z bashoratlarida doim xato qilgan. U 2020 yilda yo‘llarda millionta Tesla robot taksilari paydo bo‘lishini ta’kidlagan. Bu yil esa Mask maqsadni 1 million Full Self-Driving avtopiloti beta-versiyasi foydalanuvchilariga o‘zgartirgan. 

Full Self-Driving beta-versiyasi avtonom haydash tizimining xususiyatlariga ega, biroq ular ba’zan muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, bu esa haydovchidan doimiy ravishda rulda bo‘lishini, vaziyatdan xabardor holda boshqaruvni o‘z qo‘liga olishga tayyor bo‘lishini talab qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask

Baholaganlar

112

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing