Mask xodimlarini nohaq ishdan bo‘shatishda ayblanmoqda

Bu qiziq

image

Ilon Maskka tegishli raketa va sun’iy yo‘ldoshlar ishlab chiqaruvchi SpaceX kompaniyasining sakkiz nafar xodimi milliarderni tanqid qilganidan so‘ng ishdan bo‘shatilgandi. Shundan so‘ng, Federal agentlik SpaceX'ni ishchilarini noqonuniy ravishda kompaniyadan haydashda aybladi. Bu haqda CNBC nashri xabar berdi.

Gap shundaki, 2022 yil iyun oyida Maskka ishchilari tomonidan ayblov maktubi yuborilgan edi. Unda Maskning aksariyati jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq bo‘lgan qilmishlari yoritilgandi.

“Maskning jamoat joylarida o‘zini tutishi biz uchun uyat va sharmandalik”, deb yozilgan ushbu ochiq maktubda.

Ishdan bo‘shatilgan xodimlarning advokati Lori Burgessning aytishicha, ular ish joyidagi jinsiy zo‘ravonlikni to‘xtata olmagani uchun milliarderning ustidan Kaliforniya fuqarolik huquqlari departamentiga shikoyat qilgan.

Xodimlarning ochiq xatida dalil sifatida Ilonning shaxsiy samolyotlaridan birida styuardessani qing‘ir ishlarga jalb qilingani keltirilgan. 

Mask jinsiy zo‘ravonlik haqidagi ayblovlarni rad etib, ularni "bo‘hton" deb atamoqda. Shuningdek, kompaniyaning boshqaruvchi prezidenti Gvin Shotuyell ham amerikalik tadbirkorni himoya qilib chiqdi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

SpaceX Ilon Mask

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing