Mask giyohvand bo‘lib qolgani rostmi?
Olam
−
09 yanvar 2024 10469 1 daqiqa
Amerikalik milliarder, Tesla va SpaceX kompaniyalarining rahbari Ilon Mask giyohvandlikka berilib qolgani haqidagi gap-so‘zlarni rad etdi. Bu haqda "Forbes" xabar berdi.
Avvalroq, "The Wall Street Journal" nashri Maskning giyohvandlik moddalariga berilib qolgani kelajakda biznesiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligi haqida yozgandi.
Mashhur biznesmen so‘nggi uch yil davomida taqiqlangan moddalar bo‘yicha o‘tkazilgan testlar uning organizmida zig‘ircha bo‘lsa ham giyohvand moddalar yoki alkogol yo‘qligini tasdiqlashini aytib chiqdi. Maskning advokati Aleks Spiro ham Maskning testlari hech qachon ijobiy chiqmaganini aytgan va milliarderga nisbatan bo‘xton bo‘layotganini bildirgan.
Qayd etilishicha, oltita kompaniya, taxminan 1 trillion dollarlik investor aktivlari, o‘n minglab ish o‘rinlari va AQSH kosmik dasturining bir qismi Maskka tegishli.
Live
Barchasi