Mask biror “ahmoq” topilgach, Twitter'dan ketishini aytdi

Olam

image

Ilon Mask kecha, 20 dekabr kuni Twitter rahbarligini tark etishini ma’lum qildi. 

“Ishga kirishish uchun ahmoq odamni topsam, men Twitter bosh direktori lavozimini tark etaman”, deb yozdi u Twitter’da. 

Tadbirkorning qo‘shimcha qilishicha, u hozirgi lavozimini tark etgach, kompaniyaning dasturiy ta’minot va serverlarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limiga rahbarlik qiladi. 

18 dekabrm kuni Mask o‘zining Twitter sahifasida so‘rovnoma o‘tkazdi, unda ushbu ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biznesmen Twitter rahbari sifatida qolishi kerakmi yoki yo‘qmi, ovoz berishlari so‘ralgan. Tadbirkor "ushbu ovoz berish natijalariga amal qilishga" va’da berdi. Natijada saylovchilarning 57,5 foizi tadbirkorning lavozimidan ketishini yoqlab, 42,5 foizi qarshi ovoz berdi. 

27 oktyabr kuni tadbirkor xuddi shu nomdagi ijtimoiy tarmoqqa egalik qiluvchi Twitter’ni sotib olish bo‘yicha kelishuvni yopdi. Xariddan so‘ng darhol u kompaniya rahbariyatining bir qator a’zolarini, jumladan, bosh direktor Parag Agraval va moliya direktori Ned Sigalni ishdan bo‘shatdi. AQSH Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasining ma’lumotlar bazasiga joylashtirilgan hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, Mask direktorlar kengashini ham tarqatib yubordi va kompaniyaning yagona rahbari bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing