Mask AQSH ma’muriyatini tark etishga tayyor – WP

Olam

image

AQSH Hukumat samaradorlik departamentini (DOGE) nazorat qiluvchi Ilon Mask siyosiy chap hujumlaridan charchagani uchun AQSH ma’muriyatini tark etishga tayyor. Bu haqda manbalariga tayanib, “The Washington Post” (WP) xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Maskning ketishining aniq sanasi hozircha noma’lum, biroq uning maxsus davlat xodimi maqomi may oyi oxirida tugashi kutilmoqda. Nashrning nomi oshkor etilmagan manbasiga ko‘ra, milliarder “chap qanot siyosatchilarning noxush va axloqsiz hujumlariga chidashdan charchagan”.

WP manbasi ta’kidlashicha, Maskning fikricha, uning yo‘qligi DOGE ishining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki departament xodimlari jarayonni allaqachon yo‘lga qo‘ygan.

Amerikaning “Politico” gazetasining 2 aprel kuni xabar berishicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining yaqin hamkorlariga Maskning siyosiy roli yaqin haftalarda qisqarishi haqida ma’lum qilgan. Nashr manbalarining ta’kidlashicha, Mask birinchi navbatda biznesga e’tibor qaratadi va “qo‘llab-quvvatlovchi siyosiy rol o‘ynaydi”, ehtimol Trampga “norasmiy maslahatchi sifatidagi mavqeini saqlab qoladi”.

Avvalroq Tramp bo‘rtib qolgan hukumat apparatini qisqartirish va byurokratiyaga qarshi kurash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni e’lon qilgan edi. Shu maqsadda u milliarderga agentlikning hukumat faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ishini nazorat qilishni topshirdi. Mask AQSH hukumati xarajatlarini 2 trillion dollarga qisqartirishni kutayotganini aytdi.

DOGE'ning harakatlari minglab agentlik xodimlarini ishdan bo‘shatishga va ko‘plab moliyaviy yordam dasturlarini to‘xtatib qo‘yishga olib keldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ilon Mask

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing