Mashina savdosi bilan shug‘ullangan firibgarlar ushlandi
3-sahifa
−
30 may
7639Toshkent shahrida avtomobillarni bo‘lib to‘lashga kelishib, uni viloyatlarda qimmatga pullagan ikki nafar firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIB xabar berdi.
Qayd etilishicha, ikki shaxs o‘zaro til biriktirib, internetga 500-600 AQSH dollari miqdorida dastlabki to‘lov evaziga lizing asosida turli avtomashinalar sotib olish haqida e’lonlar joylashtirgan. Ular qolgan summani har oy teng bo‘lib to‘lab turishga va’da bergan.
Ammo oylik to‘lov muddati yaqinlashgach, xaridorlar pulni to‘lamagan va mashinani qaytarib bermagan. Ma’lum bo‘lishicha, firibgarlar shu yo‘l bilan yuzga yaqin avtomashina sotib olib, boshqa viloyatlardagi boshqa xaridorlarga arzonlashtirilgan narxda qayta sotgan.
“Tezkor tadbirlar natijasida ayblanuvchilar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ular hibsda”, deyiladi xabarda.
Firibgarlarning harakatlaridan jabrlanganlar +998 (93) 293-03-30 telefon raqamiga murojaat qilishlari so‘raladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentning Uchtepa va Chilonzor tumanlarida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarni sotishini ma’lum qilib, fuqarolardan xonadonlar uchun to‘lovlarni qabul qilib olgan va aldov yo‘li bilan juda ko‘p miqdordagi pullarni o‘zlashtirib olgan shaxslar qidiruvga berilgandi.
LiveBarchasi