Masharipov tez orada Turkiya klubi a’zosiga aylanishi mumkin

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov faoliyatini Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hozirda Masharipovning agentlari Turkiyada bo‘lib, Istanbul klubi bilan muzokara o‘tkazmoqda. Tez orada Jaloliddin Masharipov bilan shartnoma imzolangani e’lon qilinishi mumkin.

“Istanbul Bashakshehir” joriy yilgi Turkiya chempionatining dastlabki ikki turida mag‘lubiyatga uchradi. Jamoa turnir jadvalining 19-pog‘onasida ketyapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Masharipov “Paxtakor” klubi tarkibida mashg‘ulot olib borayotgani xabar qilingandi. Erkin agentga aylangan futbolchi sport formasini ushlab turish maqsadida jamoa murabbiyi Maksim Shatskix bilan kelishgan holda umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Jaloliddin Masharipov Istanbul Bashakshehir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing