Mashhur reper Shahriyor uylandi
Madaniyat-san’at
−
12 iyul 2023 39064 1 daqiqa
O‘zbek rep san’atining yorqin yulduzi Shahriyor Argonov kecha, 11 iyul kuni turmush qurdi. Bir qator estrada yulduzlari to‘y marosimi aks etgan videolarni o‘z Instagram sahifasiga joyladi.
To‘y Samarqand viloyatidagi katta to‘yxonalardan birida bo‘lib o‘tgan.
“Bugungi bayramni tashkil qilgan hammaga o‘zimning sevgimni va minnatdorligimni bildiraman. Hammangiz yuragimga yaqinsiz. O‘zingizni asrang”, degan reper to‘y tashkilotchilari joylagan videoda.
Kelin haqida ma’lumotlar yo‘q. Bunga sabab Shahriyorning shaxsiy hayotini oshkor qilishni istamasligi bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xonanda Munisa Rizayeva hayotida haqiqiy erkak paydo bo‘lgani va u bilan turmush qurayotganini ma’lum qilgandi.
Sevara Husniddinova
Live
Barchasi