Mashhur reper namoyishda qatnashgani uchun qamaldi
Madaniyat-san’at
−
11 iyul 2023
6718Eronlik reper Tumaj Solihiy o‘tgan yili mamlakatda avj olgan namoyishlarda qatnashgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Aljazeera” xabar berdi.
Sud humki 10 iyul kuni e’lon qilingan. Unga ko‘ra reper 6 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
Gap shundaki, Solihiy o‘tgan kuzda Eronning axloq politsiyasi tomonidan mamlakatning yopiq kiyinish qoidalarini buzganlikda ayblanib, hibsga olingan 22 yoshli Mahsa Aminining o‘limidan so‘ng minglab yosh eronliklar qatorida namoyishga chiqqan. Buning uchun u o‘tgan yil oktyabr oyida hibsga olingan.
Bundan tashqari, 33 yoshli reper internetda keng tarqalgan qo‘shiq va kliplarda Eron hukumatini tanqid qilgan.
“Kimningdir jinoyati uning sochlari bilan shamolda raqsga tushayotgan edi”, degan u videolardan birida Aminiga ishora qilib. Bu video YouTube'da 450 000 dan ortiq ko‘rilgan.
Reper hibsga olinganidan so‘ng davlat OAVlari uning ko‘zlari bog‘langan va so‘zlari uchun kechirim so‘ragani aks etgan videoni tarqatdi. Huquq tashkilotlarining aytishicha, Eron muntazam ravishda mahbuslarni yolg‘on iqror bo‘lishlari uchun qiynoqqa soladi.
Erondagi tartibsizliklarni yaqindan kuzatgan inson huquqlari faollariga ko‘ra, norozilik namoyishlaridan so‘ng rasmiylar qatnashchilarga qattiq bosim o‘tkazgan, unda 500 ga yaqin odam halok bo‘ldi va 20 000 ga yaqin kishi hibsga olindi. Rasmiylar hibsga olinganlarning aksariyati ozod qilingani yoki jazo muddati qisqartirilganini aytdi.
Mahsa Amini vafoti va namoyishlar
2022 yilning 16 sentyabr kuni Eronda axloq politsiyasi tomonidan noto‘g‘ri hijob kiygani uchun hibsga olingan 22 yoshli talaba Mahsa Amini vafot etdi. Uning vafotidan so‘ng mamlakatda norozilik namoyishlari boshlandi.
Amini poytaxtda Eron axloq politsiyasi tomonidan ayollarning sochlarini hijob yoki ro‘mol, qo‘l va oyoqlarini keng kiyim bilan o‘rashni talab qiluvchi qonunni buzganlikda ayblanib hibsga olingan edi.
Qo‘lga olinganidan uch kun o‘tgach, u vafot etdi. Rasmiylarga ko‘ra, o‘limga "yurak yetishmovchiligi" sabab bo‘lgan. Ammo marhumaning qarindoshlari qizning yuragida hech qachon muammo bo‘lmaganini da’vo qilgan. Ular jabrlanuvchini kaltaklash oqibatida vafot etgan, deb taxmin qildi. BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari vazifasini bajaruvchi Nada Al-Nashif Amini politsiya tomonidan kaltaklangani haqidagi xabarlarga ishora berdi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari hibsga olingandan keyin vafot etgan eronlik Mahsa Amini o‘limi sababli Eronning axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Keyinroq Kanada ham bir necha o‘nlab Eron rasmiylari, biznes vakillari, shuningdek, Eron axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar joriy etishga qaror qildi.
Tehronda Eron axloq politsiyasi tomonidan Islom Respublikasining qattiq kiyinish qoidalarini buzgani uchun hibsga olinganidan keyin komaga tushib, vafot etdi.
Sevara Husniddinova
LiveBarchasi