Mashhur futbolchining uyi tunab ketildi 

Sport

image

Futbol bo‘yicha Fransiya terma jamoasi a’zosi Dayo Upamekanoning uyiga o‘g‘ri tushdi. Bu haqda “Le Parisien” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hodisa joriy yilning 26 iyul kuni Parij yaqinidagi Nyoyi-syur-Sen kommunasida yuz bergan. O‘g‘rilar o‘sha kuni futbolchining uyida yo‘qligini bilgan holda bu ishni amalga oshirgani aytilmoqda. Voqeaga “Bavariya” klubi himoyachisining onasi va ukasi guvoh bo‘lib qolgan. 

Uch nafar noma’lum shaxs bir nechta telefon, kompyuter, bank kartalari va soatlarni o‘margan. Mazkur buyumlarning barchasi futbolchining ukasiga tegishli bo‘lgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘irlikda gumon qilinayotgan shaxslar to‘rtinchi odam yordamida uydan qochib qolgan. Hozirda gumonlanuvchilardan ikki nafari – 17 va 23 yoshli yigitlar politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Tergov-qidiruv ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyaning PSJ klubi darvozaboni Janluiji Donnarumma va uning xotini Parijdagi uyidan o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar bergan edik. Voqeadan bir necha soat vaqt o‘tgach, juftlik o‘g‘rilar qo‘lidan qutulishga muvaffaq bo‘lgan va uyi yaqinida joylashgan mehmonxonaga borgan. Mehmonxona xodimlari darhol politsiyaga xabar bergan hamda jabrlanuvchilarni shifoxonaga yuborgan.


Maqola muallifi

Teglar

Dayo Upamekano

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar