Mashhur aktyor “Norvich Siti”ni sotib olmoqchi

Sport

image

Gollivud aktyori Xyu Jekman Angliyaning “Norvich Siti” klubidan ulush sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi. Bu haqda 57 yoshli aktyor “talkSPORT” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Jekman klubga sarmoya kiritishga “juda qiziqishi”ni va bu masala bo‘yicha hozir muzokaralar ketayotganini aytdi.

Jekman bolaligidan “Norvich Siti” muxlisi hisoblanadi. Uning onasi Norvichdan bo‘lib, aktyor klub bilan bog‘liqligi oilasi orqali shakllanganini aytgan. Jekman bir necha marta “Karrou Roud” stadionida bo‘lganini va “Kanareykalar”ni juda yaxshi ko‘rishini ta’kidladi.

Aktyor, shuningdek, jamoaning bu mavsumda Premer-ligaga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi. Agar kelishuv amalga oshsa, Jekman do‘sti Rayan Reynoldsga o‘xshab Angliya futbolida klub egalaridan biriga aylanadi. Reynolds esa “Reksem” klubiga egalik qiladi.

Ma’lumot uchun, “Norvich Siti” hozir Angliya chempionshipida ishtirok etmoqda. Klubning asosiy aksiyadori amerikalik tadbirkor Mark Attanasio hisoblanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing