Martines MYU rahbariyatini tanqid qilgani uchun uzr so‘radi

Sport

−

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi argentinalik himoyachisi Lisandro Martines jamoa rahbariyati bilan ijobiy suhbat o‘tkazganini ma’lum qildi. Shuningdek, u klubning Chempionlar ligasidagi mag‘lubiyatidan keyin rahbariyatni tanqid qilgani uchun uzr so‘radi. Bu haqda Martines Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Joriy yilning 13 oktyabr kuni “Manchester Yunayted” Chempionlar ligasining ikkinchi bosqichi doirasida Ispaniyaning “Atletiko Madrid” jamoasiga qarshi safarda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

“Bugun klub rahbariyati va bosh murabbiy bilan uchrashdim. Suhbat juda ijobiy ruhda o‘tdi. Biz fikr almashish va o‘yindan keyin yuz bergan voqealarni ochiq muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldik. Mag‘lubiyatdan keyingi tushkunlik hissiyotlarimni noto‘g‘ri vaqtda va noto‘g‘ri joyda ifoda etishimga sabab bo‘ldi. Buning uchun uzr so‘ramoqchiman. Bilamanki, “Manchester Yunayted”dagi har bir inson umumiy maqsadimizga erishish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda. Bu – klub va uning muxlislari munosib bo‘lgan muvaffaqiyatga erishishdir”, deb yozdi Martines Instagram’dagi sahifasida.

Uchrashuvdan keyingi intervyusida Martines klub rahbariyatini, xususan, futbol direktori Jeyson Uilkoksni tarkibni yetarlicha kuchaytirmaganlikda tanqid qilgan edi. Biroq argentinalik himoyachi bosh murabbiy Maykl Kerrikni qo‘llab-quvvatlagan.

Keyinchalik “The Athletic” nashri “Manchester Yunayted” futbolchini klub rahbariyatini tanqid qilgani uchun jarimaga tortishi mumkinligi haqida xabar berdi. Shuningdek, ushbu voqeadan keyin Martines bilan yangi shartnoma imzolanishi ehtimoli juda past ekani ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing