Marokash Kanadani mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi
Sport
−
00:11 5923 1 daqiqa
Bugun, 4 iyul kuni Marokash milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati 1/8 final bosqichida Kanadani 3:0 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.
Xyuston shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Azzedin Unai 50 va 82-daqiqalarda dubl qayd etgan bo‘lsa, Sufyon Rahimi 90+8-daqiqada hisob 3:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Endilikda Marokash chorak finalda 5 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Fransiya – Paragvay uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Ushbu bahs joriy yilning 9 iyul kuni o‘tkaziladi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida qiziqarli statistika qayd etildi. Futbolchilar darvoza tomon yo‘naltirilgan 5 ta zarba bergan bo‘lsa, hakam 6 ta sariq kartochka ko‘rsatdi. Shu tariqa, Jahon chempionatlari tarixida ilk bor birinchi bo‘limdagi sariq kartochkalar soni darvoza tomon berilgan aniq zarbalardan ko‘p bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Kanada milliy terma jamoasi ushbu musobaqada o‘z tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. Marokash esa 2022 yilgi Jahon chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi.
Live
Barchasi