Marko Rubio rafiqasi bilan Samarqandga keldi (video)
Jamiyat
−
20:12 1279 1 daqiqa
Bugun, 18 oktyabr kuni AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga keldi.
Rubioni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva, Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, AQSH Prezidentining maxsus vakili Serjio Gor, AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Heniklar kutib oldi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Davlat kotibi Samarqandda C5 guruhiga kiruvchi barcha mamlakatlar – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iz Respublikasining yuqori lavozimli rasmiylari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Ushbu tashrif davomida Rubio 200 dan ortiq biznes yetakchilaridan iborat AQSH tijorat delegatsiyasiga boshchilik qiladi.
Rubio O‘zbekistonga tashrifi haqida gapirib, Markaziy Osiyo bilan hamkorlik AQSH uchun juda muhim ekanini aytgan edi.
Live
Barchasi