Toshkentning qoq markazida Markaziy Osiyodagi eng yaxshi bino — osmono‘par ehromlar qad rostlamoqda

Biznes

2

Yurtimizda zamonaviy binolar, savdo do‘konlari, ko‘ngilochar markazlar ko‘paymoqda. Poytaxtimizda bunyod etilayotgan o‘zgacha arxitektura na’munasi, bir qarashda Misr ehromlarini eslatib yuboruvchi “Piramit Tower” ham yaqinda ular safiga qo‘shiladi.

“Piramit” majmuasi Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanining Muqumiy va Bobur ko‘chalari chorrahasida joylashgan bo‘lib, majmuaning umumiy maydoni 160 000 metr kvni tashkil etadi. “Piramit” loyihasi bir joyning o‘zida kichik shaharcha timsoli bo‘la oladigan  Markaziy Osiyodagi eng yaxshi loyihalangan binolar qatorida turadi. Loyiha, qadimgi Misr hayotining ramzi bo‘lgan Misr ehromlarining me’moriy qoidalariga muoviq ishlab chiqilgan. Binoning umumiy balandligi 203 metr.

Ko‘p funksiyali “Piramit Tower” ikki blokdan iborat. Birinchi blokdan 6 qavatdan tashkil topgan “Piramit Mall” savdo markazi o‘rin oladi. Markazning dastlabki 3 qavatida 1000 ta avtomobil uchun katta va yopiq avtoturargoh ham mavjud. Keyingi qavatlardan 150 dan ortiq dunyoga mashhur brendlarning do‘konlari joy olishi rejalashtirilgan. Beshinchi qavatdan xizmat ko‘rsatish bo‘limi joy olsa, oltinchi qavatdan marosimlar uchun zal, karaoke va kinoteatr o‘rin egallaydi.

Majmuaning ikkinchi va asosiy bloki 52 qavatni o‘zida jamlagan 185 metrli “Piramit Tower” minorasi hisoblanadi. Binoning yer ostida 4 qavat, yer ustida esa 185 metr balandlikdagi 47 qavat barpo etiladi. “Piramit Tower”ning 6-qavatidan 20-qavatigacha ofis, biznez markazlari joy oladi.

Yigirma ikkinchi qavatdan qirq oltinchi qavatgacha zamonaviy, yuqori qulaylikka ega xonadonlarni ko‘rishingiz mumkin. “Piramit Tower”dagi xonadonlar “Smart house” tizimiga ulangan bo‘lib, uydagi barcha narsani masofadan turib boshqarish imkoniyati bor. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida kompaniya tomonidan xonadonlarning ichki pardoz va jihozlash ishlarini bir nechta na’munalari taqdim etiladi. 203 metr balandlikda turib Toshkentning go‘zal manzarasida issiq choy ichishingiz uchun, restoran ham faoliyat olib boradi.

Majmua Toshkent shahri uchun qabul qilingan sakkiz-to‘qqiz ballik zilzilaga to‘laqonli bardosh bera oladi, chunki bino konstruksiyasi yuqori markali betondan qurilmoqda. Binoning poydevor qismida konstruksiyaning qoziqsimon turidan foydalanilgani uning zilzilabardoshligi yanada ortishiga xizmat qiladi.

Roppa-rosa bir yil oldin qurilishi boshlangan “Piramit” majmuasida 400 dan ortiq quruvchilar 24/7 rejimida ter to‘kmoqda.

“Minoraning temir-beton ishlari 2023 yilning sentyabr oyida yakunlanadi. Bino bo‘ylab 95 000 metr kub beton, 12 500 tonna armatura shuningdek, kompozit tizimni tashkil etadigan 1000 tonna po‘latdan foydalanish rejalashtirilgan. “Piramit Tower” bo‘yicha barcha qurilish ishlarini yakunlash va uni ishga tushirish 2024-yilning mart oyiga, “Piramit Mall” savdo markazi esa 2025 yilning birinchi yarmiga rejalashtirilgan”, deydi qurilish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Mustafo Tunch Aridjan

Shuningdek, xaridor va tadbirkor o‘rtasidagi hujjatlarni to‘liq rasmiylashtirish, ular o‘rtasida kadastr muammolari kelib chiqmasligi uchun puxta tayyorgarlik ko‘rilgan. Agar siz “Piramit” majmuasida yashash yoki o‘zingiz uchun qulay ofisga ega bo‘lishni istasangiz yuqoridagi muammolar bilan to‘qnash kelmaysiz.

“Piramit Tower” “Koç Construction” kompaniyasi tomonidan loyihalangan. “Koç Construction” “Koç Group” ning sho‘ba korxonasi bo‘lib,  qurilish sohasida yarim asrdan ortiq tajribaga ega dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri. “Koç Group” qurilishni “Tayyor holda” topshirish, elektr ishlari, muhandislik tizimlarini o‘rnatish, loyihalarni boshqarish, qayta tiklanadigan energiya va qayta ishlangan xom ashyolarga ixtisoslashgandir. “Piramit Tower ” loyihasi ham xuddi shunday keng qamrovdagi, samaradorligi yuqori bo‘lgan texnik rejalar asosida quriladi”, deydi “Koç Construction” kompaniyasi Bosh direktor o‘rinbosari Husayn Teper.

Markaziy Osiyodagi eng yaxshi arxitektura va qurilish loyihasi mukofotiga sazovor bo‘lgan Piramit Tower dunyoning yetti mo‘jizasidan biri bo‘lgan Misr piramidalaridan  ilhomlanib yaratilgan.

Agar siz ham shaharda eng chiroyli, o‘zida ko‘plab majmualarni jamlashi bilan vaqtingizni tejaydigan, qulay lokatsiyada joylashgan, eng muhimi mustahkam qurilgan zamonaviy uyda yashash yoki shinam ofisga ega bo‘lishni istasangiz “Piramit” majmuasini tanlang.

Ma’lumot uchun: +998 78 777 33 33

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring www.Piramit.uz

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

345

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing