Markaziy Osiyoda yashash uchun eng qulay davlat qaysi?
Bu qiziq
−
20:36 877 1 daqiqa
O‘zbekiston yashash uchun eng yaxshi davlatlarning joriy yilgi xalqaro reytingida Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘istondan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Rumavi”ning “Global Relocation Index” reytingida qayd etilgan.
Reytingda dunyoning 192 davlati baholangan. Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston 62,9 ball bilan 77-o‘rinni egallab, mintaqada birinchi bo‘lgan. O‘zbekiston esa 59,9 ball bilan 110-o‘rindan joy olgan. Qirg‘iziston 118-o‘rinni, Tojikiston 137-o‘rinni, Turkmaniston esa 155-o‘rinni qayd etgan.
Ushbu reyting mamlakatlarni moliyaviy imkoniyatlar, yashash sifati, xavfsizlik va yangi muhitga moslashish kabi to‘rtta asosiy mezon asosida baholagan.
O‘zbekiston moliyaviy imkoniyatlar bo‘yicha 73, xavfsizlik bo‘yicha 63, yashash sifati bo‘yicha 57 va moslashish bo‘yicha 44 ball to‘plagan.
Jahon reytingida Estoniya birinchi, Singapur ikkinchi, Malayziya uchinchi, Portugaliya to‘rtinchi va Tayvan beshinchi o‘rinni egallagan. Reytingning eng quyi qismida esa Afg‘oniston, Yaman, Janubiy Sudan, Niger va Chad joy olgan.
Ma’lum qilinishicha, mazkur reyting yashash va ko‘chib o‘tish uchun eng qulay davlatlarni aniqlash maqsadida tuzilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent Markaziy Osiyoda yashash narxi eng qimmat bo‘lgan uchinchi shahar bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi