Markaziy Osiyoda rekord: Qozog‘istonda kasallanganlar 51 mingdan oshib ketdi

Olam

image

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni bir kechada 1376 nafarga ortib, umumiy zararlanish holatlari 51 059 taga yetdi. Bemorlarning 16 298 nafari yoki 31,9 foizi sog‘aygan. O‘lim holatlari esa 264 tani tashkil etmoqda. 

Ayni vaqtda Qozog‘iston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha eng yuqori o‘rinda ketmoqda. Mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi inqiroz holatiga kelib qolgan. Bemorlar uchun joylar yetarli emas, shuningdek og‘ir bemorlarni qabul qilish uchun texnik imkoniyatlar ham past darajada. 

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning topshirig‘i bilan 5 iyuldan boshlab mamlakatda yana karantin e’lon qilindi.  

Birinchi karantin cheklovlari joriy yilning 16 martidan 11 mayiga qadar davom etgan edi. Qozog‘iston o‘z hududida ikkinchi marta karantin joriy etgan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘lib qolmoqda. 

6 iyul kuni Qozog‘istonga koronavirusga qarshi kurashda nazariy va amaliy ko‘maklashish uchun rossiyalik shifokorlar guruhi yetib keldi. 

To‘qayevning fikricha, mamlakatda e’lon qilingan favqulodda holat bekor bo‘lgach, odamlar bemalolgarchilikka berilgan, ijtimoiy masofa saqlamagan, niqob taqmagan. Hukumat esa xalqni kasallik va uning oqibatlari haqida axborotlashtirish ishlariga yetarlicha e’tibor qaratmagan. Buning oqibatida so‘nggi 15 kun ichida kasallik qayd etilishi yuqorilagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Koronavirus

Baholaganlar

258

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing